Piyodalar oʻtish joylari va turar joylar · 40-bilet, 10-savol
Suratdagi tasvirlangan holatda haydovchi nima qilishi lozim?
Javob variantlari
- Tezlikni zarur boʻlganda darhol toʻxtash imkonini beradigan darajagacha pasaytirib harakatni davom ettirish
- Bekatda (yoʻl oʻrtasida) turgan bir xil yoʻnalishdagi tramvayga borayotgan yoki undan kelayotgan piyodalarga yoʻl berish✓ Toʻgʻri javob
- Toʻxtash va tramvay eshiklari yopilgandan keyin harakatlanishni boshlash
Izoh
YHQ 17-bobi 114-bandiga asosan, agar yoʻlovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan boʻlsa, haydovchi bekatda toʻxtagan yoʻnalishli transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyoda(lar)ga yoʻl berishi kerak.
«Piyodalar oʻtish joylari va turar joylar» mavzusidagi boshqa savollar
- Yoʻlning oʻrtasida joylashgan bekatda toʻxtagan yoʻlakay yoʻnalishli tramvay yonidan oʻtayotganda haydovchi nima qilishi kerak?
- Haydovchilardan qaysi biri toʻxtashga majbur?
- Jihozlangan bekatlari boʻlmagan tramvay toʻxtash joylarida unga chiqish uchun piyodalarga qachon qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi?
- Yoʻl oʻrtasidagi toʻxtash joyida toʻxtagan shu yoʻnalishdagi tramvayga yaqinlashib qolgan haydovchi nima qilishi kerak?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.