Yotiq chiziqlar 1 · 51-bilet, 18-savol

Reversiv svetoforlar boʻlmaganda yoki ular oʻchirib qoʻyilganda ikkitali uzuq-uzuq chiziqni kesib oʻtishga ruxsat etiladimi?

Reversiv svetoforlar boʻlmaganda yoki ular oʻchirib qoʻyilganda ikkitali uzuq-uzuq chiziqni kesib oʻtishga…

Javob variantlari

  1. Taqiqlanadi
  2. Istalgan tomondan ruxsat etiladi
  3. Agar u haydovchining chap tomonida boʻlsa ruxsat etiladi
  4. Agar u haydovchining oʻng tomonida boʻlsa ruxsat etiladi✓ Toʻgʻri javob

Izoh

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.9 chizigʻiga asosan: 1.9 — reversiv harakat tashkil etilgan tasmalarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yoʻllarda (reversiv svetofori oʻchirilgan holatda) qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimini ajratadi. Reversiv svetoforlar boʻlmaganda yoki ular oʻchirib qoʻyilganda, 1.9 chizigʻini faqat u haydovchining oʻng tomonida boʻlsa, bosib oʻtishga ruxsat etiladi.

«Yotiq chiziqlar 1» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish