Axborot ishora belgilari · 46-bilet, 9-savol
Quyidagi 3.24. “Yuqori tezlik cheklangan” yoʻl belgisining taʼsirini qaysi belgilar bekor qiladi?
Javob variantlari
- Faqat toʻrtinchisi
- Barcha javoblar toʻgʻri✓ Toʻgʻri javob
- Faqat birinchisi
- Faqat uchinchisi
- Faqat ikkinchisi
Izoh
YHQga 1-ILOVA 3.24 va 3.31 band va 3.Taqiqlovchi belgilarning 46, 48, 51 va 52-xatboshiga asosan: 3.24. «Yuqori tezlik cheklangan». Belgida koʻrsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.
3.31. «Barcha cheklovlarning oxiri». 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan hududlarning oxiri.
3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining taʼsiri belgi oʻrnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular boʻlmaganda — aholi punktining oxirigacha taʼsiri qiladi.
Aholi punktlariga yetmasdan oʻrnatilgan 3.24 belgisining taʼsiri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi.
Belgilarning taʼsir doirasi aniqlashtirilishi mumkin: 3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgilari va 7.2.1 qoʻshimcha axborot belgisi orqali;
3.24 belgisining taʼsir oraligʻi undan keyin boshqa eng yuqori harakatlanish tezligi koʻrsatilgan 3.24 belgisini oʻrnatish bilan.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Axborot ishora belgilari» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.



