Yotiq va tik chiziqlar 2 · 14-bilet, 16-savol
Qizil avtomobil haydovchisiga qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat berilgan?
Javob variantlari
- Faqat chapga
- Chapga va qayrilib olishga✓ Toʻgʻri javob
- Toʻgʻriga va chapga
Izoh
YHQ 2 ilova: Yoʻl belgilarining, shu jumladan, vaqtincha yoʻl belgilarining va yotiq yoʻl chiziqlarining maʼnolari bir-biriga zid kelgan hollarda yoki yoʻl chiziqlarini yetarlicha farqlab boʻlmasa, haydovchilar yoʻl belgilariga amal qilishlari kerak. YHQ 1 ilova: 5.8.1. “Tasmalar boʻyicha harakat yoʻnalishi”. Tasmalar soni va har biri boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlari. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanish taqiqlanadi. Yoʻlning chetki chap boʻlagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Yotiq va tik chiziqlar 2» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

