Yotiq va tik chiziqlar 2 · 12-bilet, 9-savol
Qaysi avtomobilga qayrilib olishga ruxsat beriladi?
Javob variantlari
- Koʻk avtomobilga
- Har ikkisiga
- Har ikki avtomobilga taqiqlanadi✓ Toʻgʻri javob
- Sariq avtomobilga
Izoh
YHQga 2-ILOVA 1.11 bandi va 49-xatboshi hamda 9-bob. 56-band 1-xatboshiga asosan: 1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yoʻl qismlarida, bir yoʻnalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, toʻxtash maydonchalari va shunga oʻxshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yoʻnalishda ruxsat etilganligini koʻrsatadi;
1.11 chizigʻini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirgʻa chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib oʻtishni tugatayotganda bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
«Yotiq va tik chiziqlar 2» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.