Avto test · 62-bilet, 13-savol

Qaysi rasmda quvib oʻtishning toʻgʻri holati koʻrsatilgan?

Qaysi rasmda quvib oʻtishning toʻgʻri holati koʻrsatilgan?

Javob variantlari

  1. 1
  2. 3
  3. 2 va 3✓ Toʻgʻri javob
  4. 3 va 4

Izoh

YHQga 2-ILOVA 1.1 bandi va 44-xatboshi, 1.11 bandi va 49-xatboshi hamda YHQning 12-bob. 86-band 2-xatboshiga asosan: 1.1 — qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi. 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.
1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yoʻl qismlarida, bir yoʻnalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, toʻxtash maydonchalari va shunga oʻxshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yoʻnalishda ruxsat etilganligini koʻrsatadi. 1.11 chizigʻini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirgʻa chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib oʻtishni tugatayotganda bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
86. Quvib oʻtish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tartibga solingan chorrahalarda.

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish