Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 1 · 2-bilet, 20-savol
Qaysi joylarda transport vositalariga qatnov qismining chetiga burchak ostida toʻxtab turishga ruxsat etiladi?
Javob variantlari
- Faqat bir tomonlama harakatli yoʻllarda
- Har bir yoʻnalishda uchta va undan koʻp boʻlagi boʻlgan yoʻllarda
- Yoʻlning qatnov qismi kengaygan joylarda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan✓ Toʻgʻri javob
- Har bir yoʻnalishda ikkitadan boʻlagi boʻlgan yoʻllarda
Izoh
YHQ 13-bobi 89-bandiga asosan, qatnov qismining ayrim kengaytirilib qatnov qismidan ajratilgan joylarida yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan boshqacha tartibda qoʻyishga ham ruxsat etiladi.
«Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 1» mavzusidagi boshqa savollar
- Toʻxtagan transport vositasi bilan yotiq sidirgʻa chiziq orasidagi masofa qancha boʻlganida toʻxtash taqiqlanadi?
- Yetarli koʻrinmaslik sharoitida yoʻlning yoritilmagan qismida toʻxtagan yoki toʻxtab turgan mexanik transport vositasining haydovchisi bajarishi kerak:
- Qaysi hollarda bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam boʻlagi boʻlgan yoʻlda toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi?
- Koʻrsatilgan holda yengil avtomobilga toʻxtab turishga ruxsat etiladimi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.