Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 2 · 10-bilet, 20-savol
Qaysi avtomobilning haydovchisi toʻxtab turish qoidalarini buzmadi?
Javob variantlari
- Sariq
- Hech qaysisi buzmadi
- Har ikkisi buzgan✓ Toʻgʻri javob
- Qizil
Izoh
YHQ 13-bobi 88-bandiga asosan, transport vositalariga yoʻlning oʻng tomonida yoʻl yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi. Aholi punktlarida oʻrtada tramvay yoʻli boʻlmagan, har yoʻnalishda bittadan tasmasi boʻlgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllarda yoʻlning chap tomonida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.
YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yoʻlning sidirgʻa chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno) toʻxtash taqiqlanadi.
«Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 2» mavzusidagi boshqa savollar
- Sanab oʻtilgan joylardan qaysi birida transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi taqiqlanmaydi?
- Qaysi rasmda haydovchi yoʻlovchilarni tushirish uchun oʻz avtomobilini toʻgʻri toʻxtatdi?
- Qatnov qismiga bevosita tutashgan trotuar chetida unga toʻla yoki qisman chiqish bilan toʻxtab turishga ruxsat etiladimi?
- Agar haydovchi transport vositasining eshigini ochishga va undan chiqishga qaror qilsa, unga nima taqiqlanadi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.