Piyodalar oʻtish joylari va turar joylar · 28-bilet, 17-savol
Oldida transport vositasi toʻxtab turgan tartibga solinmaydigan piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashib kelmoqdasiz, Siz nima qilishingiz kerak?
Javob variantlari
- Harakatni davom ettirish, lekin toʻxtab turgan transport vositasi oldida piyodalar yoʻqligiga ishonch hosil qilgan holda✓ Toʻgʻri javob
- Piyodalar oʻtish joyidan toʻxtamasdan oʻtish, lekin alohida ehtiyotkorlik bilan
- Piyodalar oʻtish joyidan oʻtish
- Albatta toʻxtash, piyodalar paydo boʻlsa, ularni oʻtkazib yuborish
Izoh
YHQ 17-bobi 110-bandiga muvofiq, agar tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki toʻxtasa, qoʻshni tasmalarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu transport vositasi oldida piyoda(lar) yoʻqligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.
«Piyodalar oʻtish joylari va turar joylar» mavzusidagi boshqa savollar
- Suratdagi tasvirlangan holatda haydovchi nima qilishi lozim?
- Yoʻlning oʻrtasida joylashgan bekatda toʻxtagan yoʻlakay yoʻnalishli tramvay yonidan oʻtayotganda haydovchi nima qilishi kerak?
- Haydovchilardan qaysi biri toʻxtashga majbur?
- Jihozlangan bekatlari boʻlmagan tramvay toʻxtash joylarida unga chiqish uchun piyodalarga qachon qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.