Tartibga soluvchining ishoralari · 48-bilet, 17-savol
Motosiklning haydovchisi qanday holda chapga toʻgʻri burildi?
Javob variantlari
- Toʻxtadi va tartibga soluvchining ruxsat etuvchi ishorasida toʻxtamay chapga burildi✓ Toʻgʻri javob
- Chorrahaga chiqdi va tartibga soluvchining ruxsat etuvchi ishorasini kutib, burilishni tugalladi
- Chorrahaga chiqdi, yuk avtomobilini oʻtkazib yubordi, burilishni tugalladi
Izoh
YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻgʻriga, relssiz transport vositalariga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi. Oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi;
piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.
«Tartibga soluvchining ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.