Yotiq va tik chiziqlar 2 · 53-bilet, 5-savol
Haydovchi chapga burilishda qaysi yoʻnalish boʻyicha qoidani buzmoqda?
Javob variantlari
- Faqat «А» yoʻnalishi boʻyicha
- Faqat «Б» yoʻnalishi boʻyicha
- Koʻrsatilgan barcha yoʻnalish boʻyicha✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.8.1 belgiga asosan, «Tasmalar boʻyicha harakat yoʻnalishi». Tasmalar soni va har biri boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlari. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanish taqiqlanadi.
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.1 chizigʻiga asosan, 1.1 — qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini va velosipedchilar uchun boʻlagining chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.
«Yotiq va tik chiziqlar 2» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.