Harakatlanish tezligi · 45-bilet, 9-savol

Harakat tezligini tanlashda haydovchiga taqiqlanadi?

Javob variantlari

  1. Keskin tormoz berish, agar bu harakatlanish xavfsizligini taʼminlash uchun talab qilinmasa
  2. Ushbu qoidalarga muvofiq ravishda transport vositasiga oʻrnatilgan taniqlik belgida koʻrsatilgan tezlikdan oshirish
  3. Ikkala sanab oʻtilgan harakat taqiqlanadi✓ Toʻgʻri javob

Izoh

YHQ 11-bobi 81-bandiga asosan, haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida koʻrsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish; tezlikni transport vositasiga oʻrnatilgan “Tezlik cheklangan” taniqlik belgisida koʻrsatilganidan oshirish; zaruriyat boʻlmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga xalaqit berish; yoʻl-transport hodisasining oldini olish zaruriyati boʻlmaganda keskin tormoz berish.

«Harakatlanish tezligi» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish