Harakatlanish tezligi · 11-bilet, 20-savol
Harakat tezligi ikki marta oshganda, tormozlanish yoʻli necha marta ortadi?
Javob variantlari
- Uch marta
- Tormoz yoʻli harakat tezligiga bogʻliq emas
- Toʻrt marta✓ Toʻgʻri javob
- Ikki marta
Izoh
Tormozili transport vositasi tezligining ortishi bilan tezlikning kvadratiga proportsional ravishda ortadi. Shunday qilib, tezlikni ikki baravar oshirganda, tormoz yoʻli toʻrt baravar oshadi va tezlikni uch baravar oshirganda, tormoz yoʻli toʻqqiz marta oshadi. Tormoz yoʻli kattaligini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: S = (Ke⋅ V 2)/(254⋅ Fs) bunda, S – tormoz yoʻli; Ke – avtomobilning ushbu yoʻlda mumkin qadar haqiqiy sekinlashishi nazariy sekinlashishidan necha baravar kamligini koʻrsatuvchi tormozlanish samaraliligi koeffisienti (1,0 ga teng deb olish mumkin); V – avtomobil harakatining boshlangʻich tezligi; FS – shinaning yoʻl bilan ilashish koeffisienti. (quruq asfalt yoʻlda – 0,7; xoʻl asfalt yoʻlda – 0,4; qorli yoʻlda – 0,2; yaxmalak yoʻlda – 0,1)
«Harakatlanish tezligi» mavzusidagi boshqa savollar
- Toʻxtash yoʻli deb nimaga aytiladi?
- Quvib oʻtishni boshlashdan oldin haydovchi shunga ishonch hosil qilishi kerakki:
- Aholi yashaydigan joylardan tashqarida tirkamali yengil avtomobil haydovchisiga eng katta tezlikni soatiga necha kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi?
- Qanday hollarda aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobil haydovchisiga soatiga 90 km dan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlanadi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.