Teng ahamiyatli chorrahalar · 11-bilet, 10-savol

Chorrahani oxirgi boʻlib qaysi transport vositasi kesib oʻtadi?

Chorrahani oxirgi boʻlib qaysi transport vositasi kesib oʻtadi?

Javob variantlari

  1. Qizil avtomobil✓ Toʻgʻri javob
  2. Yashil avtomobil
  3. Koʻk avtomobil

Izoh

Yoʻl harakati qoidalarining 105 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼiy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.
Yoʻl harakati qoidalarining 107 bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.
Ushbu chorrahada qizil avtomobil harakatni boshlaydi va koʻkni oʻtkazib yuborish uchun chorrahada toʻxtaydi. Yashil avtomobil birinchi, koʻk ikkinchi va qizil avtomobil oxirida harakatni yakunlaydi.

«Teng ahamiyatli chorrahalar» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish