Taqiqlovchi belgilar · 12-bilet, 19-savol
Bu belgida yuk avtomobillaridan qaysi biriga harakatlanishni davom ettirishga ruxsat etiladi?
Javob variantlari
- Furgon-yukxonada mahsulotlar tashiydigan avtomobillarga
- «Aloqa» yozuvi boʻlgan avtomobillarga
- Yukxonasida odam tashishga moslashtirilgan maxsus yuk avtomobillarida✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.4 belgi talabiga muvofiq, "Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan" belgida cheklangan vazn koʻrsatilmagan boʻlsa, bu belgi toʻla vazn 3,5 tonnadan yuqori boʻlgan barcha yuk avtomobillarining, barcha traktorlarning, oʻzi yurar mashina va mexanizmlarning harakatlanishini taqiqlaydi. Bu belgi taʼsir oraligʻida yashovchi va ishlovchilarga daxldor emas, shuningdek, bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashiyotgan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Taqiqlovchi belgilar» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.
