Tartibga soluvchining ishoralari · 45-bilet, 1-savol
Avtomobil qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishi mumkin?
Javob variantlari
- Barcha yoʻnalishlar boʻyicha✓ Toʻgʻri javob
- Faqat oʻngga
- Toʻxtash va svetoforning yashil chirogʻini kutish
- Faqat toʻgʻriga
Izoh
YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi. YHQ 8-bobi 8.14-bandiga muvofiq, haydovchilar va piyodalar tartibga soluvchining ishorasi va koʻrsatmalariga ular svetofor ishoralari, yoʻl belgilari va chiziqlariga zid kelgan taqdirda ham amal qilishlari kerak.
«Tartibga soluvchining ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.