Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 2 · 9-bilet, 9-savol
Aholi yashaydigan joylardan tashqarida transport vositalarining uzoq toʻxtab turishi (dam olishi, tunash va hokazo)ga qayerda ruxsat etiladi?
Javob variantlari
- Toʻxtab turish maydonchalarida yoki yoʻldan tashqarida✓ Toʻgʻri javob
- Yoʻlning chap tomonida, biroq harakat xavfsizligi choralariga rioya qilgan holda
- Yoʻl qatnov qismining oʻng tomonida, biroq boshqa transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak
- Yoʻl chetida
Izoh
YHQ 13-bobi 90-bandiga asosan: Aholi punktlaridan tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa maqsadlarda uzoq vaqt toʻxtab turishga faqat buning uchun koʻzda tutilgan maydonchalarda yoki yoʻldan tashqarida ruxsat etiladi.
«Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 2» mavzusidagi boshqa savollar
- Uzunasiga ketgan sidirgʻa chizigʻi bilan toʻxtagan transport vositalari oʻrtasidagi masofa quyidagidan kam boʻlgan joylarda transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi taqiqlanadi:
- Qayerda transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi taqiqlanadi?
- Qaysi avtomobilning haydovchisi toʻxtab turish qoidalarini buzmadi?
- Sanab oʻtilgan joylardan qaysi birida transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi taqiqlanmaydi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.