Chorrahalarda harakatlanish · 34-bilet, 15-savol

Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning yoʻnaltirgichi yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi kimga yoʻl berishi kerak?

Javob variantlari

  1. Qarama-qarshi yoʻnalishda toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga
  2. Oʻngdan kelayotgan transport vositalariga
  3. Boshqa yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga✓ Toʻgʻri javob

Izoh

Yoʻl harakati qoidalarining 100 bandiga asosan, Svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning koʻrsatkichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yoʻnalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

«Chorrahalarda harakatlanish» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish