Quvib oʻtish · 39-bilet, 2-savol

Siz quvib oʻtish uchun chiqdingiz va bexosdan roʻparadan kelayotgan avtobusni koʻrib qoldingiz. Agar Siz quvib oʻtishni tugallay olishingizga ishonchingiz boʻlmasa, Siz:

Javob variantlari

  1. Tezlikni kamaytirishingiz va avval egallagan boʻlagingizga qaytishingiz kerak✓ Toʻgʻri javob
  2. Tovush xabarini berib va faralarni yoqib quvib oʻtishni uni tugallaguncha davom ettirishingiz kerak
  3. Tezlikni asta koʻpaytirishingiz va quvib oʻtishni tezroq tugallashingiz kerak

Izoh

YHQ 12-bobi 82-bandi, quvib oʻtishni boshlashdan oldin haydovchi oʻzi oʻtmoqchi boʻlgan harakatlanish boʻlagi quvib oʻtish uchun yetarlicha masofada boʻsh ekanligiga, quvib oʻtish jarayonida harakatlanishga xavf tugʻdirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga, quvib oʻtishni tugallayotganda quvib oʻtilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan qatorga qaytib oʻta olishiga ishonch hosil qilishi shart.

«Quvib oʻtish» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish