Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar · 6-bilet, 14-savol

Sanab oʻtilgan qaysi holatda transport vositasidan foydalanishga ruxsat etiladi?

Javob variantlari

  1. Yorituvchi chiroq nurining yoʻnalishi buzilgan boʻlsa
  2. Tashqi yoritgich asboblari ifloslangan boʻlsa
  3. Old qismida - oq yoki sariq rangli tumanga qarshi faralar oʻrnatilgan boʻlsa✓ Toʻgʻri javob

Izoh

Yoʻl harakati qoidalariga 3-ilova 3 bandiga asosan, yorituvchi chiroq nurining yoʻnalishi buzilgan boʻlsa, agar tashqi yoritgichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan boʻlsa, old qismida — oq yoki sariq rangdan boshqa rangli tumanga qarshi faralar, sariq yoki zargʻaldoq rangdan boshqa rangli burilishni koʻrsatadigan miltillovchi chiroq, oq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar oʻrnatilgan boʻlsa foydalanish taqiqlanadi.

«Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish