Avto test · 63-bilet, 10-savol
Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻnaltirgich boʻyicha burilayotib qoidani buzadi?
Javob variantlari
- Qizil avtomobil haydovchisi
- Koʻk avtomobil haydovchisi✓ Toʻgʻri javob
- Har ikki haydovchi buzadi
- Har ikki haydovchi buzmaydi
Izoh
YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshi va 57-band 2-xatboshi hamda YHQning 11-bob. 77-band 3-xatboshiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Oʻngga burilishda transport vositasi iloji boricha qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroqda harakatlanishi kerak.
Haydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin boʻlgan xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini toʻliq toʻxtashni taʼminlaydigan darajada kamaytirishi yoki toʻsiqni boshqa harakat ishtirokchilari uchun xavf tugʻdirmagan holda aylanib oʻtish choralarini koʻrishi kerak.
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.