Quvib oʻtish · 15-bilet, 15-savol
Qanday hollarda quvib oʻtish taqiqlanadi?
Javob variantlari
- Hamma sanab oʻtilgan hollarda✓ Toʻgʻri javob
- Tartibga solingan chorrahalarda
- Tartibga solinmagan chorrahalardagi asosiy boʻlib hisoblanmaydigan yoʻllarda
- Teng ahamiyatga ega boʻlgan chorrahalarda
Izoh
YHQ 12-bobi 86-bandiga asosan, quvib oʻtish quyidagi hollarda taqiqlanadi - tartibga solingan chorrahalarda, tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yoʻllarda harakatlanishda, koʻpriklarda, yoʻl oʻtkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida, piyodalar oʻtish joylarida, temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda, quvib yoki aylanib oʻtayotgan transport vositalarini, tepalikning oxirida va yoʻlning koʻrinishi cheklangan joylarida, 3.20 va 3.22 yoʻl belgilari taʼsir oraligʻida.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Quvib oʻtish» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

