Teng ahamiyatli chorrahalar · 52-bilet, 8-savol
Koʻk avtomobil chorrahani kesib oʻtadi:
Javob variantlari
- Birinchi boʻlib ayni bir vaqtda qizil bilan
- Uchinchi boʻlib ayni vaqtda qizil bilan✓ Toʻgʻri javob
- Ikkinchi boʻlib ayni vaqtda qizil bilan
Izoh
YHQ 16 va 6-boblardagi 105, 26-bandlariga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yoʻl berishlari shart.
«Teng ahamiyatli chorrahalar» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.