Harakatlanish tezligi · 16-bilet, 14-savol
Bunday yoʻl belgisi bilan belgilangan yoʻl qismlarida ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 t dan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarining qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?
Javob variantlari
- 90 km/s
- 80 km/s✓ Toʻgʻri javob
- 60 km/s
- 100 km/s
- 70 km/s
Izoh
YHQ 11-bobining 79-bandi 3-xatboshiga muvofiq, boshqa avtobuslar (shaharlararo va mikroavtobuslardan tashqari), tirkamali yengil avtomobillar, motosikllar, ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
«Harakatlanish tezligi» mavzusidagi boshqa savollar
- Shaharlararo qatnaydigan avtobusning haydovchisiga aholi punktlaridan tashqarida tezlikni 80 km/soatdan oshirishga ruxsat etiladimi?
- Bunday yoʻl belgisi bilan belgilangan yoʻl qismlarida shaharlararo qatnaydigan avtobuslarning qanday eng yuqori tezlikda harakatlanishiga ruxsat etiladi?
- Ogʻir vaznli va katta oʻlchamli yuklarni tashiyotgan transport vositalarining aholi yashaydigan joylardan tashqarida qanday tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi
- Agar transport vositasida «Tezlik cheklangan» taniqlik belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, bu transport vositasining haydovchisiga:
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.