Quvib oʻtish · 29-bilet, 4-savol
Bunday vaziyatda qizil avtomobilning haydovchisiga quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?
Javob variantlari
- Ruxsat etilgan
- Faqat roʻparadan kelayotgan transport vositalari yoʻqligida ruxsat etilgan
- Taqiqlangan✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yoʻl chizigʻi bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yoʻllarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta qatorga faqat quvib oʻtish, aylanib oʻtish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
«Quvib oʻtish» mavzusidagi boshqa savollar
- Bu joyda quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?
- Avtopoezdni shu vaziyatda, agar u 40 km/s dan kam tezlik bilan harakat qilayotgan boʻlsa, quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?
- Avtomobil haydovchisi uni boshqa transport vositalari quvib oʻtayotganda qanday harakat qilishi kerak?
- Bu joyda quvib oʻtishga ruxsat etilganmi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.