Yotiq va tik chiziqlar 2 · 4-bilet, 15-savol
Bu yotiq chiziq bildiradi:
Javob variantlari
- Chorrahalarda tasmalar boʻyicha ruxsat etilgan harakat yoʻnalishlarini koʻrsatadi✓ Toʻgʻri javob
- Harakat barcha yoʻnalishlarda ruxsat etilgan yoʻllarning kesishmasiga yaqinlashganlikni
- Koʻrsatilgan yoʻnalishlarda harakatlanish taqiqlanadi
Izoh
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.18 chizigʻi, chorrahada tasmalar boʻlaklar boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlarini koʻrsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 “Boʻlaklar boʻyicha harakatlanishning yoʻnalishi” belgilari bilan birgalikda qoʻllanilishi mumkin; oxiri berk yoʻl tasvirlangan chiziq shu yoʻnalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini koʻrsatish uchun chiziladi; chetki chap tasmadan chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Yotiq va tik chiziqlar 2» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

