Qoʻshimcha axborot belgilari · 3-bilet, 1-savol
Avtomobilning qaysi yoʻnalishda harakatlanishiga ruxsat etiladi?
Javob variantlari
- Faqat toʻgʻriga
- Barcha yoʻnalishlarga✓ Toʻgʻri javob
- Chapga va oʻngga
Izoh
YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.4 belgi - "Yengil avtomobillar harakatlanadi" belgisi yengil avtomobillarni, avtobuslarni, motosikllarni va toʻla vazni 3,5 tonnadan kam boʻlgan yuk avtomobillarining harakatlanishiga ruxsat etadi. 1-ilovaning 7-boʻlimidagi 7.3.3 qoʻshimcha axborot belgisi "Taʼsir yoʻnalishlari" chorraha oldida oʻrnatilgan buyuruvchi belgi bilan qoʻllanilib, uning taʼsir yoʻnalishini koʻrsatadi.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Qoʻshimcha axborot belgilari» mavzusidagi boshqa savollar
- Belgilarning taʼsiri qaysi transport vositalariga tatbiq etiladi?
- Qaysi qoʻshimcha axborot belgisi transport vositalarini toʻxtab turish joyiga qoʻyish usulini koʻrsatadi?
- Quyidagi belgi tagidagi qoʻshimcha axborot belgisi haydovchiga nima haqida xabar beradi?
- Qaysi transport vositalarining haydovchilari toʻxtab turish qoidasini buzdilar?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.
